“GULISTON” ASARIDA QO‘LLANGAN “SIFATDOSH+FE’L” MODELIDAGI QO‘SHMA FE’LLAR
Keywords:
fe’l turkumi, sodda fe’l, yordamchi fe’l, qo‘shma fe’l, ism qism, sifatdosh.Abstract
Dunyodagi ko‘pgina tillarning leksikasida fe’l turkumi o‘zining ma’nosi, grammatik shakllari, sintaktik vazifalari jihatidan boshqa so‘z turkumlardan ajralib turadi. Y.A.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo‘luvchi harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so‘z turkumi hisoblanadi. Bu o‘rinda “harakat” so‘zining keng ma’noda qo‘llanganligini tushunish mumkin. Chunki fe’l turkumi nafaqat harakat, balki holat va jarayon kabilarni ham ifoda etib keladi. Shuningdek, fe’l turkumi analitik shakllarga boy ekanligi bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turadi. Qo‘shma fe’llarni mazkur turkum doirasidagi analitik holatga yaqqol namuna sifatida ko‘rsatish mumkin. Mazkur tipdagi qo‘shma fe’llarda ism qism vazifasini sodda, prefiksli yoki qo‘shma fe’llardan hosil qilingan sifatdosh bajaradi. Zamon nuqtayi nazaridan ism qism sifatida, asosan, o‘tgan zamon sifatdoshlari, kamdan-kam o‘rinlarda esa hozirgi zamon sifatdoshlari kelishi mumkin.
References
Киселева Л.Н. Язык дари Афганистана. – М.: Hаука, 1985. – C. 83.
Alimova X.Z. Dariy tilida so‘z yasalishi. – T.: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2019. – B. 173.
Ahmedova D.R. Fors tilida qo‘shma fe’llarning yasalish usullari va unda o‘zlashma so‘zlarning tutgan o‘rni // O‘zbekistonda xorijiy tillar. – 2020. – № 5 (34). – B. 20-35. https://doi.org/10.36078/1610694743.
Ahmedova D.R., Xodiyeva N.T., Xabibullayeva M.R. Hozirgi zamon fors tilida sodda fe’l asosida tuzilgan qo‘shma fe’llarning struktur tahlili // Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social aciences. –2022. – B. 539. https://cyberleninka.ru/article/n/hozirgi-zamon-fors-tilida-sodda-fe-l-asosida-tuzilgan-qo-shma-fe-llarning-struktur-tahlili/viewer.
Fayzullajon o‘g‘li, T. O. (2022). “Shavqi guliston” asari matnining tuzilishi. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(10), 192-195.
Fayzullajon o‘g‘li, T. O. (2023). “Guliston” dagi “fe’l masdari+gereftan” modelli fe’l shakllari borasidagi nazariy qarashlar. Theory and analytical aspects of recent research, 2(16), 149-152.
Fayzullajon o‘g‘li, T. O. (2023). به (Be) prefiksi+ism+yordamchi fe’l modelidagi qo‘shma fe’llar xususida. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(11), 382-386.