Current Issue
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “INNOVATSION IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TUTGAN O‘RNI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishi – raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llash bo‘yicha respublika olimlarining ilmiy izlanishlarini muhokama qilish. Konferensiyaning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida innovatsion texnologiyalarni har tomonlama qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan davlat islohotlari hamda istiqbol yo‘nalishlarini aniqlash, bu borada amaliy taklif va tavsiyalar tayyorlash. Respublikamiz olimlarining bu sohada olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha tajriba almashish va yosh olim hamda mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan.
Anjuman sho‘balari
- Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda axborot texnologiyalari;
- Internet - buyumlar IoT;
- Iqtisodiyotda sun’iy intellekt texnologiyalari;
- Katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash;
- Moliya-bank sohasida telekommunikatsiya texnologiyalari;
- AKT sohasida iqtisodiyotni raqamlashtirish;
- Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari;
- Raqamli iqtisodiyotni modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlari.